Sizning posilkalaringizni Xitoydan qulay yetkazish

Tel: +99897-460-01-60, +99871-233-03-99

E-mail: info@meest.uz, dir@meest.cn

uz | ru

Siyosat talablari

Jo‘natmalarni yetkazib berish muddatlari

Kompaniya O’zbekistonning viloyat markazlaridagi oluvchilar uchun Xitoyda omborxonadan jo’natilgan kundan boshlab quyidagi yetkazib berish muddatlarini e’lon qiladi:

  • Havo jo’natmalari – 6-12 kun;

Guanchjou shahridagi (Xitoy) omborxonamizdan Toshkent shahridagi XPAJ bojxona terminalimizga yetkazib berish muddati va bojxonadan o’tkazish muddati jo’natilgan kundan boshlab 5 kundan 8 kungacha + O’zbekiston bo’ylab kuryerlar orqali tarqatish muddati 1 kundan 4 kungacha (muddat sizning hududingizgacha bo’lgan masofaga bog’liq).

Xitoydan mijozga jo’natmani yetkazib berishning umumiy muddati havo jo’natmalari uchun 7 kundan 17 kungacha bo’lishi mumkin. Maqsadli yetkazib berish muddati Xitoydan jo’natmani jo’natilgan kundan boshlab, mijoz o’z jo’natmasini qo’liga olgunga qadar hisoblanadi.

Bo’limga yetkazib berishda jo’natmaning Toshkentdagi bo’limiga kelib tushishi  sanasi hisobga olinadi.

Yetkazib berish muddatlari bo’yicha kompensatiyalar

Standart qoidalar

Kompaniya Xitoydan O’zbekistonga yetkazib berish muddati bo’yicha yetkazib beruvchining aybi bilan yetkazib berishning kechikishi bilan bog’liq da’volarni:

·       jo’natmani havo vositalari orqali yetkazib berish uchun jo’natilgan vaqtdan  boshlab 18-kunidan

boshlab qabul qiladi va hisoblaydi

Kompensatsiya quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Har bir kechiktirilgan kun × jo’natmaning yetkazib berish narxining 2%, lekin yetkazib berish narxining 100% dan oshmasligi kerak.

Masalan, jo’natma mijozga jo’natilgan kundan boshlab 21-kuni yetkazib berilgan bo’lsin. Yetkazib berish narxi 20 dollarni tashkil etdi. Kompensatsiya quyidagini tashkil qiladi: (22-18) = 4 kun × 2% (yetkazib berish narxining $ 20) = $ 1.6

Shikoyat mijoz tomonidan shaxsiy kabineti yoki MyMeest mobil ilovasi orqali uning Murojaatnomasi orqali jo’natmani amalda olganidan keyin rasmiylashtiriladi.

Shikoyatlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash muddati Murojaatnoma berilgan kundan boshlab 1-8 kun. Kompensatsiya miqdori jo’natma ro’yhatdan o’tkazilgan mijozning  shaxsiy kabinetidagi uning balansiga o’tkaziladi va u bundan keyingi to’lovlarni to’lash uchun foydalanilishi mumkin.

Javobgarlikni istisno qilishning maxsus qoidalari

Agar posilkani yetkazib berish quyidagi sabablarga ko’ra kechiktirilgan bo’lsa, muddatlar bo’yicha shikoyatlar (da’volar) ko’rib chiqilmaydi va yetkazib berish muddatining kechikishi kompensatsiya qilinmaydi:

  • XPAJdan (O’zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni) o’tgandan keyin mijoz tomonidan jo’natma manzili o’zgartirilganligi sababli;
  • jo’natmani yuborishda oluvchining ma’lumotlari noto’g’ri to’ldirilganligi sababli;
  • taqiqlangan tovarlar, qalbaki savdo markalari yoki noto’g’ri deklaratsiyalangan boshqa tovarlarning bojxonada (XPAJ) ushlab qolinishi sababli(quyidagi tushuntirishlarga qarang).

Tovarlar uchun javobgarlik

Jo’natmalarni tashish tarifiga standart sug’urtalash kiritilgan va kompaniya jo’natmalardagi tovarlar uchun mijozning shaxsiy kabinetida yoki MyMeest mobil ilovasida dastlab belgilangan narxi bo’yicha, lekin jo’natma uchun 150 evrodan* oshmagan holda, moddiy javobgarlikni o’z boyniga oladi. DIQQAT: agar ushbu Siyosatda bayon qilingan «Javobgarlikni istisno qilishning maxsus qoidalari«ning biron-bir bandi kuchga kirsa, kompaniya tovarlar uchun javobgar bo’lmaydi.

 

* 2018 yil 19-iyuldan boshlab xalqaro pochta jo’natmalarida jisoniy shaxs – qabul qiluvchi uchun bitta bitta pochta jo’natmasining soliqsiz narxi har chorakda 1000 dollarni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, bir oy ichida XPAJ (xalqaro pochta almashinuvi joyi) sizning nomingizga 320 dollargacha bo’lgan jo’natmalar yuborilishi mumkin. Agar ushbu cheklov 1000 AQSh dollaridan oshsa, sizdan bojxona bojlari olinadi.

Yo’qotish/zarar yetkazilganligi uchun kompensatsiya

Standart qoidalar

Kompaniya jo’natmdagi javobgarlikni istisno qiladigan qoidalariga tushmaydigan, yo’qolgan, yetishmayotgan yoki shikastlangan tovarlar yoki butun jo’natmaning yo’qolganligi uchun deklaratsiya qilingan qiymatga (lekin bir posilka uchun 150 evrodan * ko’p bo’lmagan holda) shikoyatlarni qabul qiladi va hisoblaydi, shuningdek, yetkazib berish uchun pul to’langan, lekin yetkazib berilmaganligi uchun ham pulni qaytaradi.

* 2018 yil 19-iyuldan boshlab xalqaro pochta jo’natmalarida bitta qabul qiluvchiga bitta pochta jo’natmasining soliqsiz narxi har chorakda 1000 dollarni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, bir oy ichida XPAJ (xalqaro pochta almashinuvi joyi) sizning nomingizga 320 dollargacha bo’lgan posilkalar yuborilishi mumkin. Agar ushbu cheklov 1000 AQSh dollaridan oshsa, sizdan bojxona to’lovlari olinadi.

Kompensatsiyani talab qilish to’g’risidagi shikoyat mijozning shaxsiy kabineti yoki MyMeest mobil ilovasiga quyidagi muddatlarda yuborilgan Murojaatnomasi orqali qabul qilinadi:

  • jo’natma ichida buyumlar shikastlangan yoki yetishmayotgan taqdirda, jo’natma amalda olinganidan keyin 3 kundan kechiktirmagan holda;
  • jo’natmaning to’liq yo’qolganligi shubha qilingan taqdirda, Toshkentdagi XPAJ ga ro’yxatga olingan kundan boshlab 18-kundan oldin emas;
  • shu kunning o’zida, agar jo’natmaning yo’qolganligi tasdiqlansa va unga «Yo’qotilgan» maqomi berilgan bo’l

 

Shikoyatlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash muddati Murojaatnoma berilgan kundan boshlab 1-8 kun. Kompensatsiya miqdori jo’natma ro’yhatdan o’tkazilgan mijozning  shaxsiy kabinetidagi uning balansiga o’tkaziladi va u bundan keyingi to’lovlarni to’lash uchun foydalanilishi mumkin.

Kompaniya javobgarligi qoidalaridan istisnolar

Jo’natma tarkibida quyidagilar mavjud bo’lgan taqdirda kompensatsiya talab qilingan  shikoyatlar ko’rib chiqilmaydi va tovar va yetkazib berish qiymati qoplanmaydi:

  • taniqli savdo belgilarining (brendlarining) 2 tadan ortiq tovarlari (bir xil yoki har xil);
  • mo’rt, shuningdek ishonchli qadoqlanmagan katta hajmli tovarlar;
  • tashish taqiqlangan tovarlar.

Quyida har bir toifaga batafsilroq  tushuntirishlar keltirilgan.

 

Javobgarlikni istisno qilish qoidalari

1.     Taniqli savdo belgilarining (brendlarining) mahsulotlari, hamda ularning nusxalari.

Havo orqali yetkazib berishda shaxsiy ehtiyojlar uchun va qonun normalariga muvofiq bitta jo’natmada brend tovarlarning  2 ta (bir xil yoki turli xil) tovarlardan ko’p bo’lmagan miqdorda tashish mumkin! Brend tovarlarning narxi sizning shaxsiy kabinetingizda to’g’ri deklaratsiyalangan bo’lishi kerak va bitta jo’natma uchun 100 evrodan oshmasligi kerak.

* 2018 yil 19-iyuldan boshlab xalqaro pochta jo’natmalarida bitta qabul qiluvchiga bitta pochta jo’natmasining soliqsiz narxi har chorakda 1000 dollarni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, bir oy ichida XPAJ (xalqaro pochta almashinuvi joyi) sizning nomingizga 320 dollargacha bo’lgan posilkalar yuborilishi mumkin. Agar ushbu cheklov 1000 AQSh dollaridan oshsa, sizdan bojxona to’lovlari olinadi.

Agar Xitoy, O’zbekiston yoki tranzit mamlakat hududidagi bojxona ko’rigidan o’tkazish  vaqtida jo’natmada 2 ta dona (bir xil tovarlar yoki turli savdo belgilaridagi tovarlar) tovarlar aniqlangan taqdirda, bojxona organlari bir tomonlama tartibda tovarlarni ogohlantirmasdan va olib qo’yilgan jo’natmalarning tartib raqamalarini tasdiqlovchi hujjatlar olib qo’yishga haqlidir.

Olib qo’tyilgan tovarlar uchun jarimalar undirilishi mumkin, ularga yo’q qilish xarajatlari ham qo’shilishi mumkin. Kompaniya yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarni, shuningdek musodara qilingan tovarlar narxini qoplamaydi va ushbu holatlarning yuzaga kelishi uchun javobgar bo’lmaydi.

Agar brend tovarlari bo’lgan jo’natma Toshkent shahridagi XPAJda intellektual mulk huquqlarining buzilganligi sababli ushlab qolingan bo’lsa, kompaniya jo’natuvchiga jo’natmani qaytarib berilishini ta’minlab bermaydi.

Xalqaro tashish faqat mualliflik huquqi egasining ruxsati bilan amalga oshiriladigan ro’yhatga olingan brendlarning ro’yhati by yerda.

2. Mo’rt, hamda katta o’lchamli tovarlar

E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, biz mo’rt yuklarni sug’urtalamaymiz va ular bo’yicha da’volarni qabul qilmaymiz.

Biz mo’rt tovarlar qatoriga panel televizorlari, plastmassadan yasalgan avtoulov qismlari (bamperlar, spoylerllar, kapotlar va boshqalar), idish-tovoqlar, musiqa asboblari, oynalar, qandillar va boshqa  tovarlarni kiritamiz.

  • LED, LCD- panel televizorlari zavod o’ramida mo’rt katta bo’lmagan o’lchamli tovarlar bo’lib, yig’ma jo’natmalar ko’rinishida xalqaro tashilmalar uchun mo’ljallanmagan. DSPdan yasalgan ko’p qatlamli qutidan tashqari har qanday o’ram yetarli emas va ortiqcha yuklash va kuryer orqali yetkazib berish paytida televizorni 100% himoya qilmaydi. Bunday televizorlarni omborxonadan yuborish faqat mijozning javobgarligi ostida va uning yozma tasdig’idan keyingina amalga oshiriladi. Meest China omborxonasi ko’p qatlamli DSP bilan mahsulotlarini qadoqlashni ta’minlamaydi! Bizning omborxonamizga televizorlarni faqat ko’p qatlamli karton yordamida qadoqlash mumkin, bu shikastlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, ammo kafolat bermaydi.
  • Yig’ma yuklarni tashishda plastmassadan yasalgan qismlar osongina shikastlanishi mumkin. Ushbu turdagi mahsulotni yog’och panjarali yoki fanerali qutiga qadoqlash kerak. Kompaniya ushbu turdagi qadoqlarni taqdim et Agar yetkazib beruvchi bizga yuklarni yuqorida ko’rsatilmagan qadoqda yuborgan bo’lsa, kompaniya tovarlarning butunligi uchun javobgar emas va yetkazib berish paytida shikast yetkazilgan yuklar bo’yicha da’volarni qabul qilmaydi.
  • Yig’ma yuklarni tashishda idish-tovoq, shisha, qandillar osongina shikastlanishi mumkin. Ushbu turdagi mahsulotni yog’och panjarali kartonga yoki penoplast yoki boshqa to’ldiruvchi bilan to’ldirilgan fanera qutisiga qadoqlangan bo’lishi Kompaniya ushbu turdagi qadoqlar bilan ta’minlamaydi. Agar yetkazib beruvchi bizga yuklarni yuqorida ko’rsatilmagan qadoqda yuborgan bo’lsa, kompaniya tovarlarning butunligi uchun javobgar emas va yetkazib berish paytida shikast yetkazilgan yuklar bo’yicha da’volarni qabul qilmaydi.

 

3. Tashish  uchun taqiqlangan tovarlar

1-guruh – qonun bilan taqiqlangan, tashilishi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadigan tovarlar.

E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, omborxonada jo’natma ichidagi buyumlar  100 foiz tekshiriladi. Agar 1-guruhga tegishli tovarlar topilsa, ularni musodara qilish, yo’q qilish va unga sug’urta qoidalarini qo’llamaslikdan tashqari, jo’natuvchi va qabul qiluvchi davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlariga jo’natuvchi va oluvchining ismlari va manzillari ko’rsatilgan so’rov yuboriladi.

  • O’qotar qurollar va ular uchun o’q-dorilar, hujum qilish va mudofaa uchun maxsus mo’ljallangan sovuq qurol va boshqa narsalar (kastetlar, stiletlar, tarkibida paralitik ta’sirli suyuqlikka ega bo’lgan balonchalar va boshqalar).
  • Qurol uchun butlovchi qismlar va jihozlar (tirkamalar, qo’ndoqlar, o’q magazinlari va boshqalar).
  • Qonun hujjatlariga muvofiq alohida nazoratga olinadigan giyohvand va psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlari.
  • Portlovchi, yonadigan va boshqa xavfli moddalar, harbiy aslahalar.
  • Radioaktiv moddalar.
  • Inson qoldiqlari va organlari.
  • U yoki bu davlatning qonunlariga muvofiq belgilanadigan xalqning milliy, tarixiy yoki madaniy merosini ifodalovchi antikvariatlar va

 

2-guruh – pochta jo’natmalarida jo’natish taqiqlangan tovarlar

2-guruhga tegishli tovarlar topilgan taqdirda, omborxona tashishni rad etish va ularni jo’natuvchiga qaytarish huquqiga ega. Shuningdek, bunday tovarlarga ega bo’lgan jo’natmalarga sug’urtalash va javobgarlik qo’llanmaydi.

  • Qadoqlash va idish turidan qat’iy nazar har qanday kukunsimon va shunga o’xshash moddalar.
  • Elektron sigaretlarning har qanday turlari va ularning butlovchi
  • Benzinli yoki benzinli bo’lmagan barcha turdagi o’t oldirgichlar, gaz o’t oldirgichlar va gazli boshqa tovarlar, elektr o’t oldir
  • Yonuvchan, portlovchi, yonadigan suyuqliklar, yonilg’ilar, electron sigaretalarning aromatizatorlari, radioaktiv moddalar.
  • Intellektual mulk huquqlarini buzgan holda eksporti / importi amalga oshiriladigan tovarlar.
  • Urug’lar va ko’chat materiallari; issiqlik bilan ishlov berilmagan hayvonlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlari.
  • Jonli hayvonlar.
  • Tez buziladigan ovqatlar (yangi mevalar, hayvonlardan olingan mahsulotlari).
  • Asl qadoqda bo’lmagan oziq-ovqat mahsulotlari.
  • Asl qadoqda bo’lgan 10 kg dan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari.
  • Zargarlik buyumlari, bank qimmatli qog’ozlari va metallar.
  • Har qanday shakldagi pul va pul hujjatlari: to’lov topshiriqnomalari, cheklar, vaucherlar, qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, kuponlar, aktsiyalar, kredit kartalar.
  • Spirtli ichimliklar, dori preparatlari, tamaki mahsulotlari.
  • Behayolilik va axloqsizlik mazmunli buyumlar, jinsiy o’yinchoqlar va pornografiya.
  • Qurol olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnomalar, mehnat daftarchalari, harbiy guvohnomalar, pasportlar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
  • Butunjahon transport uyushmasi tomonidan tashish uchun taqiqlangan buyum
  • O’zining tabiati yoki qadoqlanishia ko’ra omborxona xodimlari va tashuvchi yoki omma uchun xavf tug’dirishi, boshqa jo’natmalar, uskunalar yoki uchinchi shaxsning mulkini Iflos qilishi yoki zarar qilishi mumkin bo’lgan narsalar.
  • Noma’lum batareyalar yorliqlarsiz.
  • Не идентифицированные элементы питания без маркировки.

 

DIQQAT, BU MUHIM!

Kompensatsiyani olish tartibini osonlashtirish uchun ushbu ko’rsatmalarga amal qiling.

  1. Buyurtmani joylashtirishda jo’natmaning haqiqiy narxini ko’rsating.
  2. Jo’natmani olish vaqtida uni darhol yetkazib berish holatini Ukrainada bo’ylab tashuvchi kompaniya vakili ishtirokida tekshiring.
  3. Agar jo’natish holati haqida shikoyatlar mavjud bo’lsa, qabul qilish va topshirish to’g’risidagi Dalolatnoma va Da’vo arizasini tuzing.
  4. Kompensatsiya olish bo’yicha Murojaatnomani tuzayotganda, «Tekshiruv bilan konsolidatsiya» omborxona xizmati buyurtma qilingan bo’lishi sharti bilan, jo’natma  tashqi tomondan shikastlangan qadog’ining fotosurati yoki jo’natmadagi tovarlarning yetishmasligini aks ettiruvchi fotosuratini ilova qiling.
  5. Jo’natmadagi tovarlar yetishmasligi to’g’risida da’vo arizasini topshirishda («Tayyor yuk» va «Tekshirishsiz konsolidatsiya» yetkazib berish xizmati) qadoqdagi ko’rinadigan shikastlanish joyi borligiga va jo’natmaga shikast yetkazilganligini tasdiqlovchi fotosuratlarga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling.

 

* 2018 yil 19-iyuldan boshlab xalqaro pochta jo’natmalarida bitta qabul qiluvchiga bitta pochta jo’natmasining soliqsiz narxi har chorakda 1000 dollarni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, bir oy ichida XPAJ (xalqaro pochta almashinuvi joyi) sizning nomingizga 320 dollargacha bo’lgan posilkalar yuborilishi mumkin. Agar ushbu cheklov 1000 AQSh dollaridan oshsa, sizdan bojxona to’lovlari olinadi.

Og’irligi omborxonada noto’g’ri hisoblangan jo’natmalar

bo’yicha shikoyatlar

 

Yetkazib berish uchun narhi mijozga taqdim etishda, o’lchash asbobining ishlamay qolishi sababli, jo’natmaning og’irligi sezilarli darajada oshirilgan taqdirda, Kompaniya kompensatsiyani amalga oshiradi.

«Ahamiyatli tarzda oshirib yuborilgan» – bu og’irligi 5 kg gacha bo’lgan jo’natma uchun kamida 100 g va 5 kg dan yuqori bo’lgan jo’natma uchun kamida 5% – farq borligini anglatadi.

Noto’g’ri hisoblangan og’irlik uchun da’vo arizasi berish uchun yetarli shartlar bo’lib, fotosuratlar hisoblanadi, ularda jo’natma ochilmaganligi va tarozidagi haqiqiy og’irligi ko’rinib turgan bo’lishi kerak.

Shikoyatlar jo’natma ro’yhatdan o’tkazilgan mijozning shaxsiy kabinetidagi balansga o’tkaziladi va undan keyingi to’lovlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.

Kompensatsiya to’g’risidagi da’volar mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati menejerlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida ko’rib chiqiladi.

 

Yetkazib berish muddatini belgilash va talqin qilish

 

Maqsadli yetkazib berish muddati, jo’natmani Xitoydan jo’natilgan kundan boshlab, mijoz jo’natmani trekingdagi belgi bilan olguniga qadar hisoblanadi.

Bo’limga yetkazib berishda muddatlar jo’natma chiqarilishi belgilangan bo’limga kelib tushgan kunidan boshlab trekingdagi belgi bilan hisoblanadi.

 

Jo’natmani jo’natuvchiga qaytarish

 

Agar jo’natma Toshkent shahridagi XPAJda bojxona tomonidan ushlab qolingan taqdirda (brendlar va savdo belgilariga intellektual mulk huquqlarining buzilishi hollari bundan mustasno), kompaniya mijozning roziligi bilan qo’shimcha tariflar va qaytarish qoidalariga ko’ra jo’natmani jo’natuvchiga qaytaradi.

.

Fors-major vaziyatlar (yengib bo’lmaydigan vaziyatlar)

Shikoyatlar siyosati yengib bo’lmaydigan vaziyatlarda (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, ish tashlashlar va h.k.) qo’llanilmaydi.

Kompaniya mijozlarni fors-major vaziyatlar to’g’risida ogohlantirishi shart. Bunday ogohlantirishdan so’ng, u ushbu Shikoyatlar siyosatida ko’rsatilgan majburiyatlarini bajarmasligi mumkin.

 

uz | ru
Scroll Up
WordPress Lightbox