Sizning posilkalaringizni Xitoydan qulay yetkazish

Tel: +99897-460-01-60, +99871-233-03-99

E-mail: info@meest.uz, dir@meest.cn

uz | ru

Siyosat talablari

JO`NATMALARNI (avia va avto) YETKAZIB BERISH MUDDATI KECHIKGANLIGI UCHUN SHIKOYATLAR
  1. Kompaniya quyidagi yetkazib berish muddatlarini taqdim etadi:
    1. Avia jo’natmalar uchun – Ukraina viloyatlari markazlarida qabul qiluvchilargacha 7-12 kun;
    2. Guanjou (Xitoy) shahridagi omborxonamizdan Toshkentdagi bizning XPAJ (xalqaro pochta almashuvi joyi) bojxona terminaliga yetkazib beriladigan avia jo’natmalarni yetkazib berish muddati bojxona rasmiylashtiruvi yuborilgan sanadan boshlab 5 kundan 8 kungacha + Oʻzbekiston bo`yicha kuryerlar orqali 1 kundan 4 kungacha yetkaziladi (muddat mintaqangizning masofasiga bogʻliq).
  2. Xitoydan xaridorga havo yoʻllari orqali yetkazib berishning umumiy muddati 7 kundan 17 kungacha davom etishi mumkin.
  3. Manzilgacha yetkazib berishning muddati Xitoydan yuborilayotgan buyurtmaning yuklangan vaqtidan to mijoz oʻz buyurtmasini oladigan paytgacha hisoblanadi.
    1. Bo’limga yetkazib berishda Toshkent shahridagi ofisga yetib borgan kuni hisobga olinadi.
  4. Xitoydan O’zbekistonga yuklar jo’natilgan paytdan 17 kun o’tgach (18-kundan) kompaniya yetkazib berishning har bir kechiktirilgan kuni uchun yetkazib berish narxining 2% miqdorini, biroq yetkazib berish narxining 100%dan ko’p bo’lmagan miqdorini qoplaydi.
    1. Pul miqdori Mijozning shaxsiy kabinetidagi, jo`natma ro`yxatdan o`tkazilgan balansga oʻtkaziladi va u keyingi hisoblarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin bo`ladi.
    2. Quyidagi hollarda belgilangan muddat yuzasidan shikoyatlar hisobga olinmaydi va yetkazib berish vaqtining kechikishi qoplanmaydi:
      1. Jo`natmaning yetkazib berishdagi kechikish jo`natmani XPAJdan (bojxona rasmiylashtiruvidan) o’tganidan so’ng mijoz tomonidan qayta yo’naltirish amalga oshirilgan bo’lsa;
      2. Yo`nalishni va maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatilganligi, yoki bojxona postidan jo’natmani ushlab qolinganligi tufayli;
      3. Majmuaviy holatlarda.
ZARAR YETKAZILINGAN VA YOʻQOTILGAN JO`NATMALAR UCHUN SHIKOYAT QILISH.
  1. Kompaniya ombordan yo’qolgan tovarlar uchun kompensatsiya taqdim etadi.
  2. Tovarlarni yo’qotish bo’yicha da’voni qabul qilish jo`natmani yetkazib berish muddati o’tgan taqdirda qabul qilinadi va da’vo arizasi berilgan vaqtdan boshlab 1 kundan 8 kungacha koʻrib chiqiladi.
  3. Kompaniya yo’qolgan, yetishmayotgan yoki zararlangan tovarlarni shaxsiy kabinetda ko`rsatilgan qiymatga ko`ra kompensatsiya qiladi, biroq, butun jo`natma uchun 150 yevrodan oshmagan holda.
    1. E`tiboringizni qarating, biz nozik yukni sug’urtalamaymiz va uning yuzasidan da’volarni qabul qilmaymiz.
    2. Nozik mahsulotlarga quyidagilar kiradi: televizor va plastmassa qismlar (bamperlar, spoylerlar va boshqalar), noutbuklar, planshetlar, kompyuter texnikasining yechilma modullari, idishlar, cholg’u asboblari, shisha va qandillar.
    3. Asl qadoqdagi televizorlar nozik buyumdir va xalqaro transport vositalarida birlashtirilgan jo`natma sifatida joʻnatish uchun mo’ljallanmagan. Ko’p qavatli DPS panellardan tashqari har qanday qadoqlash kamldir va televizorni yuklash va kuryer orqali yetkazib berish paytida 100% himoyalaolmaydi.Ushbu turdagi televizorlarni ombordan jo’natish faqatgina Mijozning o`z javobgarligi ostida va yozma tasdiqdan keyin amalga oshiriladi – kompaniya televizorlarni asl qadogʻida ​​etkazib berish paytida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday zararni sug’urta qilmaydi va javobgar bo’lmaydi. Tashish paytida plastmassa qismlarga osonlik bilan zarar etkazilishi mumkin. Ushbu turdagi mahsulot, albatta, yog’och idish yoki fanera qutiga joylashtirilishi kerak.
    4. Bizning kompaniyamiz bu turdagi qadoqlashni taqdim etmaydi. Agar yetkazib beruvchi yuqorida ko’rsatilgan qadoq turiga ega bo’lmagan mahsulotni yuborsa, kompaniya tovar xavfsizligi uchun hech qanday javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi va yetkazib berish vaqtida mahsulotga yetkazilgan zarar bo`yicha arizalarni qabul qilmaydi. Tovar bo`yicha shikoyatlar tovar mijoz tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 7 kun mobaynida qabul qilinadi.
DIQQAT! MUHIM!
  1. Asl qadoqdagi televizorlar nozik buyumlardir va xalqaro transport vositalarida birlashtirilgan jo`natma sifatida joʻnatish uchun mo’ljallanmaganq.
  2. Ko’p qavatli DSP panellardan tashqari, har qanday qadoqlash yetarli emas va televizorni yuklash va kuryer orqali yetkazib berish paytida 100% himoyalaolmaydi.
  3. Meest China omborxonasi ko’p qavatli panell qadoqlarni taqdim etmaydi! Omborimizda televizorlar faqat ko’p qatlamli karton bilan qadoqlanishi mumkin!
  4. Zarar yetkazilgan jo`natmalar yuzasidan da’vo berish uchun asos bo`ladigan shartlar quyidagilardir:
    1. Tekshiruv bilan konsolidatsiyalash» xizmatda – qadoqning tashqi tomondan shikastlangan rasmi yoki jo`natmadagi tovarlarning yetishmayotganing fotosurati.
    2. «Tayyor yuk» va «Tekshiruvsiz konsolidatsiya» yetkazib berish paytida jo`natmadagi tovarlar yetishmasligi to’g’risidagi da’vo ariza faqat transportda tashish paytida shikastlangan holatda va tegishli fotosuratlar mavjud bo’lganda qabul qilinadi.
YOʻQOTILINGAN TOVARLAR UCHUN SHIKOYAT (etkazib berish vaqtida)
  1. Kompaniya yo`qolgan jo`natmalar uchun tovon pulini faqat yetkazib berish paytida yo`qolgan tovarlar uchun to`laydi.
  2. Da’vo ariza reysning Toshkentdagi XPAJga qabul qilinganidan boshlab 10 kun davomida berilishi mumkin. Yoki, agar tovarga «Yoʻqotilingan» maqomini bergan bo’lsa, darhol berilishi mumkin.
TOVARNING NOTOʻGʻRI OGʻIRLIGI UCHUN SHIKOYAT
  1. Kompaniya yetkazib berish uchun mijozning tovarini hisob-kitob qilganda, yukning og’irligi sezilarli darajada oshirilganligi aniqlansa kompaniya tomonidan kompensatsiya qilinadi.
  2. Muhim darajadagi yuqori og’irlik – 5 kilogrammgacha bo’lgan og’irlikdagi tovarlar uchun eng kamida 100 gramm vazndir va 5 kgdan ogʻir bo’lgan tovarlar uchun 5% farq qilganda.
  3. Haddan tashqari og’irlik yuzasidan da’vo berish uchun yetarli bo’lgan shart-sharoitlar – bu qadoq ochilmaganligi va haqiqiy og`irlikining tarozidagi fotosuratlaridir.
  4. Kompensatsiyalar Mijozning shaxsiy kabinetidagi, jo`natma ro`yxatdan o`tkazilgan balansga oʻtkaziladi va keyingi to’lovlar uchun ishlatilishi mumkin.
  5. Kompensatsiya yuzasidan daʼvolar mijozlar bilan ishlash xizmati operatorlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida ko’rib chiqiladi.
FAVQULOT VAZIYATLAR (hal qilib boʻlmas vaziyatlar)
  1. Hal qilib boʻlmas vaziyatlar (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, qo`zg`alonlar va h.k.) hollarida kompensatsiya xizmati amal qilmaydi.
  2. Kompaniya Mijozlarini favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi haqida ogohlantirishi shart, va bunday ogohlantirishdan so’ng Shikoyatlar bo`yicha siyosatda aytib o`tilgan majburiyatlarni bajarmasligi mumkin.
uz | ru
Scroll Up
WordPress Lightbox